Гепатит б даволаш

Гепатит б даволаш

Gepatit C bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘ylab yildan-yilga ortib bormoqda. Gepatit C surunkali kechadigan, belgilarsiz yuzaga kelib, viruslarga qarshi preparatlarga reaksiyasining pastligi bilan xarakerlanadi. Ko‘pchilik hollarda gepatokarsinoma paydo bo‘lishi ham shu kasallik bilan tushuntiriladi.

Homiladorlikda Gepatit C kelib chiqishi sabablari

Gepatit C qo‘zg‘atuvchisi – RNK saqlovchi virusdir (HCV). Virusning o‘ziga xosligi shundaki, uning ko‘plab (30 ga yaqin) bir-biridan farq qiluvchi nukleotidlarga ega bo‘lgan genotiplari va subtiplari mavjud. MDH davlatlarida eng ko‘p tarqalgan subtiplaridan 1b, 3a, 1a, 2a uchraydi. Aynan 1b subtipidagi virus jigarda gepatokarsinomalar paydo bo‘lishiga olib keladi, 3a subtipi esa narkomanlarda ko‘proq uchraydi.

Гепатит б даволаш

HCV persistensiyalanish xususiyatiga ega. Buni zamoniy tibbiyot “immun tizimini chalg‘itish” deb tushuntiradi. Bunda virus o‘zining genomini tez-tez o‘zgartirishi hisobiga immun tizimidagi neytrallovchi antitelolar uni tanib olishi qiyinlashadi va sekinlashadi. Boshqa RNK saqlovchi viruslar kabi Gepatit C virusi (HCV) ham replikatsiyada xatolarga yo‘l qo‘yadi, natijada boshqa turdagi oqsillar sintezlanadi va inson immun tizimi ularni tanishi qiyinlashadi.

Infeksiyaning manbai Gepatit C ning o‘tkir va surunkali formalari bilan kasallanganlar va latent davrida virus tashuvchi insonlar bo‘ladi. Yuqish yo‘li parenteral (qondan-qonga) va vertikal (onadan homilaga). Qon quyish uchun donor qonlari yaxshi tekshirilishi hisobiga hozirgi kunda transfuzion (qon quyish orqali) usulda virus yuqishi deyarli uchramaydi, ammo virusning inkubatsion davri uzoq va yashirin bo‘lganligi sababli kam hollarda inson virusni yuqtirib olishi mumkin. Gepatit C ning inkubatsion davri o‘rtacha 12 haftagacha, ba’zida 27 haftaga cho‘zilishi mumkin. Bu davrda virusni antigen HCV ni PZR (Polimeraza Zanjir Reaksiyasi) yordamida aniqlasa bo‘ladi. Maishiy aloqa yo‘li bilan yuqish juda kam hollarda uchraydi. HCV bilan zararlangan shaxs bilan jinsiy aloqaga uzoq vaqt davomida kirishilsa yuqishi mumkin. Zararlangan shprits bilan infeksiyani yuqtirish 3-10 % hollarda kuzatilib turadi. Demak, asosiy yuqish yo‘li vertikal ya’ni onadan homilaga o‘tishi bo‘lib hisoblanadi. Homiladorlar orasida yuqtirish xavfi bo‘lganlar quyidagilardir:

  • Anamnezida vena ichiga preparatlar yoki narkotik moddasi qabul qilgan ayollar;
  • Anamnezida qon quydirganlar;
  • Narkotik qabul qiluvchilar bilan jinsiy aloqaga kirganlar;
  • Tatuirovka va pirsing qildirganlar;
  • Dializda bo‘ladiganlar;
  • Jinsiy sherikning ko‘p bo‘lishi;
  • Homilador ayollarning onalari HCV bilan kasallangan bo‘lsa.

Homiladorlarda Gepatit C ning belgilari

Kasallik inkubatsion davri 2 haftadan 27 haftagacha, o‘rtacha 7-8 hafta bo‘lgan muddatni tashkil qiladi. Kasallik uch davrda kechadi: o‘tkir, latent va reaktivatsiya fazasi. O‘tkir HCV infeksiyasi 80 % hollarda tibbiy belgilarsiz kechadi va ularning 60-85 % ilari surunkali formasiga o‘tib ketadi, ularda jigar sirrozi va jigar gepatosellular karsinomalar rivojlanishi xavfi yuqori bo‘ladi.

Ko‘p hollarda kasallikning o‘tkir formasi aniqlanmasdan qoladi, sariqlik ham faqatgina 20 % bemorlarda paydo bo‘ladi. Boshqa simptomlar kuchsiz namoyon bo‘lib, qolgan gepatit turlariniki kabi kechadi. HCV bilan zararlangandan 1 hafta o‘tib qonda PZR yordamida virusni aniqlasa bo‘ladi. Virusga qarshi antitelo bir necha hafta o‘tgach hosil bo‘ladi. 10-20 % hollarda tranzitor infeksiya rivojlanishi mumkin, bunda virusning eliminatsiyasi (organizmdan chiqib ketishi) kuzatiladi, ammo immun tizimi virusga qarshi antitelolar ishlab chiqarmagan bo‘ladi va inson HCV ning boshqa tiplari bilan zararlanib qolishi xavfi yuqori bo‘ladi.

O‘tkir va latent Gepatit C 30-50 % hollarda, virusning butunlay organizmdan chiqib ketishi va kasallikdan butunlay tuzalib ketish bilan kechishi mumkin. Ammo, virus o‘zining latent davrini ko‘pincha uzoq muddat saqlanuvchi persistensiyalangan formasiga o‘tkazishi mumkin. Latent davrida bemor o‘zini sog‘lom his qiladi va hech qanday shikoyatlari bo‘lmaydi. Reaktivatsiya fazasida esa Gepatit C virusi surunkali shakliga o‘tadi. Bu fazada virusemiya kuzatilib, qonda HCV-RNK va anti-HCV ko‘p miqdorda topiladi.

Jigar sirrozi 20-30 % hollarda 10-20 yildan beri surunkali Gepatit C bilan kasallangan bemorlarda kelib chiqadi. Gepatosellular karsinoma esa bemorlarning 0,4-2,5 % ida paydo bo‘ladi, ayniqsa jigar sirrozi bilan kasallanganlarda. Jigardan tashqari HCV virusi artralgiya, Reyno kasalligi va trombositopeniya bilan kechuvchi purpura kabi kasalliklarni chaqiradi.

Гепатит б даволаш

Gepatit C ning surunkali formasida bemor qonida anti-HCV nafaqat erkin holda, balki immun hujayralariga birikkan holda ham topiladi. Anti-HCV-IgG skrining tekshiruvlarida interferon bilan davo choralari buyurish uchun tekshiriladi. Qonda HCV topilishi virusning replikatsiyasi ya’ni ko‘payishi jadal ketayotganidan dalolatdir.

Virus replikatsiyasi ketayotgani aniqlanganda, homilador ayollar α-interferon bilan davolanadi, bu interferon virusning jigarga kirishini, qobig‘ini tashlashi va m-RNK oqsillar sintez qilishini to‘xtatadi. Hozirgi kunda Gepatit C ga qarshi vaksina yo‘q, bunga sabab virusning mutatsiyaga tez uchrashi va immun tizimining HCV bilan reaksiyaga kirishi haqida bilimlar kamligidir.

Homiladorlarda Gepatit C diagnostikasi

HCV-RNK ning homiladorlarda aniqlanish darajasi 1,2-4,5 %ni tashkil qiladi. Homiladorlik kechishiga Gepatit C kasalligi hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Barcha homiladorlar HCV ga butun homiladorlik davomida 3 marta tekshiriladi. Virusning homiladorlikka ta’siri juda kam hollarda uchraydi, ko‘pchilik ayollarda kasallik simptomlarsiz kechadi, faqatgina 10 % ayollarda aminotransferaza miqdori yuqori bo‘ladi.

Gepatit C vertikal yo‘l bilan yuqsa ham, homilador bo‘lishga qarshi ko‘rsatma bo‘la olmaydi. Homilaga virus o‘tishi ayolning kasallanganlik muddatiga bog‘liq emas. Virus replikatsiyasi jadal kechayotgan ayollarda, homilaga yuqish xavfi yuqori bo‘ladi. Ilmiy izlanishlar aniqlashicha, ona qornidagi bolaga virus faqatgina zararlangan limfotsitlar orqali yuqar ekan. Gepatit C ning OIV infeksiyasi bilan birga kechishida homilaga yuqish darajasi yuqori bo‘ladi (10-20 % hollarda), bu immun tizimi susayganligi bilan tushuntiriladi.

HCV ni skrining tekshirishlarda aniqlash ko‘pchilik mamlakatlarda maqsadli hisoblanmaydi. Virusni gepatolog huzurida qo‘shimcha tekshiruvlar asosida aniqlash, agar uning replikatsiyalanish darajasi past bo‘lsa, oddiy yo‘l bilan tug‘ishga ko‘rsatma berishi kerak. Ammo, Gepatit C bilan kasallangan ayollarning oddiy yo‘l bilan tug‘ishi haqida aniq bir xulosa yo‘q, ba’zi mutaxasislar kesarcha (keserva) yo‘li bilan homila tug‘ilsa, virus yuqish ehtimoli kam desa, ba’zilar oddiy yo‘l bilan tug‘ish ham mumkin deyishadi. Yo‘ldosh pufagi erta yorilishi va uzoq muddat suvsizlanish holatlari virusning yuqish xavfini oshirib yuboradi.

Onada gepatit C virusi topilgan taqdirda, kindik qon tomirlaridagi qon tekshirib ko‘riladi. Bolada virus aniqlangan bo‘lsa ham, antivirus preparatlar bilan davolash 2 yoshga to‘lmagungacha man qilinadi.

Ona suti tarkibida gepatit C virusi bo‘ladi, shuning uchun bolani sut bilan oziqlantirish muammosi hozirgi kunga qadar muhokama qilib kelinmoqda. Sut tarkibidagi virus konsentratsiyasi, qondagi virusning replikatsiyalanish darajasiga bog‘liq. Demak, qonda virusemiya ketmayotgan bo‘lsa ona suti bilan bolani oziqlantirsa bo‘ladi.

Neonatal HCV infeksiya

Anti-HCV-musbat ayollardan tug‘ilgan barcha farzandlar ham 12 oy davomigacha anti-HCV-musbat bo‘lishadi. Chunki onadan bolaga IgG (immunoglobulin G) o‘tgan bo‘ladi. Agar ushbu antitelo 18 oygacha saqlanib qolsa, bolaning gepatit C bilan kasallanganidan dalolat beradi. Vertikal yo‘l bilan zararlangan bolalarning 90 % ga yaqini 3 oygacha, qolgan 10 % esa 12 oygacha HCV-RNK-musbat bo‘lishadi.

Homiladorlikda Gepatit C ning davosi

Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish har qanday virusli gepatitlarning o‘tkir fazasida man etiladi, har qanday sharoitda ham homilani saqlab qolishga harakat qilinadi. Maxsus antivirus interferon va ribavirin preparatlar bilan homiladorlarni davolash qat’iyan man qilinadi. Chunki ribavirin teratogen xususiyatga ega, interferonning homila rivojlanishiga ta’siri esa hali yaxshi o‘rganilmagan. Bunday ayollarga homiladorlik paytida maxsus diyeta buyuriladi. Bundan tashqari zararsiz bo‘lgan gepatoprotektorlar ham tavsiya qilinadi (essensial, xofitol, karsil).

Gepatit C bilan kasallangan ayollar tug‘ish jarayoni maxsus tug‘ruqxonalar yoki tug‘ruqxonaning maxsus bo‘limlarida, epidemiyaga qarshi qat’iy chora ko‘rilgan holatlarda olib boriladi.

Tug‘ilajak bolaning virus bilan zararlanish darajasi keserva yo‘li bilan tug‘ilganda, oddiy yo‘l bilan tug‘ilgandan ko‘ra ancha kamayadi. Gepatit B bilan kasallanib qolmaslik uchun profilaktika maqsadida, bola tug‘ilganining birinchi kuniyoq virusli gepatit B ga qarshi gamma globulin yuborilib, vaksinatsiya o‘tkaziladi. Baxtga qarshi gepati C uchun maxsus profilaktik vaksinalar hali o‘ylab topilmagan.

Virusli gepatit C bilan kasallangan onadan tug‘ilgan bolalar bolalar infeksionisti tomonidan nazoratda bo‘ladilar. Bolaning zararlangan yoki zararlanmaganligini yakuniy tasdiqlash 2 yoshidan keyin aniq bo‘ladi.

Homiladorlarda Gepatit C ning profilaktikasi

Profilaktika uchun homilador ayolni o‘z vaqtida tekshirtirish, maxsus immunoreaktiv tekshiruvlar o‘tkazish, tibbiy muolajalar olayotganda (ineksiya, operatsiya, qon quyishda) ehtiyotkorlik talab etiladi. Albatta, ayollar narkotik vositalar qabul qilish va pala-partish jisniy aloqa ham xavf omili ekanligini unutmasliklari zarur !

Homiladorlarda Gepatit C aniqlansa qaysi shifokorlarga murojaat qilish kerak ?

  • Ginekolog;
  • Gepatolog;
  • Infeksionist.

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш

Бош саҳифа » Homiladorlik » Homiladorlikda Gepatit C



Источник: dnk.uz


Добавить комментарий